Lyaonin
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lyaonin — Xitoyning shimoli-sharqiy qismidagi provinsiya. Jan.dan Sariq dengiz oʻrab turadi. Maydoni 151 ming km². Axoliyey 41,57 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Shenyan shahri Yer yuzasi oʻrqirli (30% maydoni tekislik), sharqiy qismi togʻli. Iqlimi mussonli iqlim, yozi issiq va sernam, qishi sovuq, qor kam yogʻadi. Yiliga 500–1000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi — Lyaoxe. Togʻlar keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, tekislik qismi dasht. Lyaonin — mamlakatning muhim sanoat rayonlaridan. Konchilik sanoati (toshkoʻmir, yonuvchi slanets, temir rudasi, rangli metall rudalari olinadi), qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik, vagonsozlik, elektrotexnika buyumlari, kon sanoati jixrzlari, stanoklar, traktorlar ishlab chiqarish) rivojlangan. Kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Shenyan, Anipan, Bensi, Fushun. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan paxta, kanop, tamaki, yer yongʻoq ekiladi. Ipakchilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Tuz olinadi. Asosiy portlari — Dalyan, Inkou[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |